"Barselona" qishda qaysi pozitsiyaga futbolchi sotib oladi?

  • 18 noyabr, 2018, 21:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirishmoqda. Bu haqa AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Samyuel Umtiti va Tomas Vermalen kabi markaziy himoyachilarning jarohat olgani bunga sabab bo‘lmoqda. Aytish lozimki, “Barselona”ning so‘nggi uchrashuvlarida himoya markazida Xerard Pike va Kleman Langle juftligi harakat qilmoqda. Bordiyu ulardan biri jarohat oladigan bo‘lsa, jamoada ushbu chiziqda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!