“Barselona” roppa-rosa 1 yil davomida La Ligada to‘xtovsiz gol urib kelayotgandi

  • 11 fevral, 2019, 08:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 23-turida “Barselona” safarda “Atletik” mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Tecno

Shu tariqa kataloniyaliklar 37 o‘yindan iborat golli seriyasiga yakun yasadi. Jamoa 1 yil davomida Ispaniya chempionati doirasida raqiblariga kamida bitta gol urib kelayotgan edi.

So‘nggi marotaba shunday holat roppa-rosa 1 yil oldin kuzatilgan edi. 2018 yilning 11 fevral kuni “Barselona” vakillari “Xetafe” bilan o‘yinda raqib darvozasiga gol top olmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!