Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda poytaxtimiz basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi tur bellashuvlariga mezbonlik qilmoqda. 30 martga qadar davom etadigan turda Oliy liganing eng sara jamoalari bahs olib borishmoqda. 

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar orasida eng qiziqarlisi kun dasturidan o‘rin olgan so‘nggi qarama qarlishik bo‘lib, unda amaldagi chempion Toshkentning "Elektroapparat" klubi Navoiyning "So‘g‘diyona" jamoasi bilan bellashdi. Navoiyda bo‘lib o‘tgan 1-tur bahsida "So‘g‘diyona" g‘alaba qozongan va bu mezbonlarga o‘z maydonlarida revansh olish uchun qulay imkon bo‘ldi. So‘nggi chorakdagi faol o‘yini bilan "Elektroapparat" bahsni g‘alaba bilan yakunladi, yakuniy hisob – 80:73. Shu va boshqa uchrashuvlar tafsiloti: 

"Yoshlik" – "Farg‘ona" 82:72

"Namangan" – "Sirdaryo" 81:70

"Buxoro" – "Surxondaryo" 75:32

"Elektroapparat" – "So‘g‘diyona" 80:73

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!