
"Bavariya" "Ayaks" himoyachisini ko‘zlamoqda
Amsterdamning “Ayaks” klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko “Bavariya”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli argentinalik futbolchini shaxsan myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich kuzatib bormoqda. U aynan Talyafikoning o‘yinini kuzatish maqsadida kecha bo‘lib o‘tgan “Ayaks” – “Real” (1:2) uchrashuviga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, Talyafikoga shuningdek “Zenit” va “Arsenal” klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Nikolas Talyafiko joriy mavsum amsterdamliklar safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar