
Bekxem faoliyatidagi 500-golni urgan Ibragimovichni tabrikladi
Angliyalik futbol afsonasi Devid Bekxem "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovichni faoliyatidagi 500-golni kiritgani bilan tabrikladi.
“Zlatan, seni tabriklamoqchiman. 500ta gol...Qanday faoliyat, qanday futbolchi, qanday muvaffaqiyat! Sen bilan va senga qarshi o‘ynash judayam yoqimli edi. Sen bilan do‘st bo‘lish qanday yaxshi. 500ta gol! Ha, sen ancha qariding! Agar jiddiy aytadigan bo‘lsam, seni tabriklayman. Sen juda ham uyatchangsan va bu odating ustida ishlashing kerak. Tabriklayman, do‘stim! Sen ajoyibsan!”, - deydi Bekxem.
Eslatib o‘tamiz, Bekxem va Ibragimovich o‘z vaqtida PSJ safida birga to‘p surishgan.
Fikrlar