Beylga A Seriyadan xaridor chiqdi

  • 18 fevral, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchiga "Milan"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. “Rossonerilar” buning uchun “qirollik klubi”ga xatto 100 mln evro to‘lashga tayyor.

Ammo, milanliklar UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganlikda ayblanishganini inobatga olsak, bunday qimmat transferni amalga oshirishlari mushkullik tug‘dirishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Beyl “Real” sharafini 2013 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 11:37
ўзи аслида Бэйлни пахтакор ҳам олмайди