Bilasizmi? 4 nafar sobiq "Real"chi joriy mavsum "Barselona"ga gol urishni uddaladi

  • 11 yanvar, 2019, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Barselona” Ispaniya kubogining 1/8 finalida safarda "Levante"ga (2:1) imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga Borxa Mayoral mualliflik qildi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Mayoral sobiq "Real"chi bo‘lgan va joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” darvozasini ishg‘ol etgan 4-futbolchiga aylandi.

Avvalroq bu ishni  Pablo Sarabiya ("Sevilya"), Esekel Garay ("Valensiya") va Serxio Kanaleslar ("Betis") amalga oshirishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari tilga olingan to‘rttala futbolchi ham turli davrlarda “qirollik klubi” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!