Bilasizmi? "Barselona" 2012 yil Mbappeni sotib olishni istamagan
Kataloniyaning “Barselona” klubi 2012 yil ayni damda dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri hisoblangan Kilian Mbappeni sotib olishni istamagan. Bu haqda fichajes.com xabar bermoqda.
Unga ko‘ra bo‘lajak yulduz 6 yil muqaddam “ko‘k-anor ranglilar”ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Ammo, noma’lum sabablarga ko‘ra “Barselona” unga rad javobini bergan.
Natijada, Mbappe 2013 yil “Monako”ga o‘tdi va oradan 4 yil o‘tib PSJ uni 180 mln evroga sotib oldi.

Fikrlar