
Bilasizmi? Bundan roppa-rosa 32 yil oldin ser Aleks Fergyuson MYu bosh murabbiyi etib tayinlangan
Roppa-rosa 32 yil muqaddam, ya’ni 1986 yilning 6 noyabr kuni ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted" boshqaruviga tayinlangan edi.
Ta’kidlash lozimki, afsonaviy shotlandiyalik mutaxassis MYuda naqd 22,5 yil faoliyat olib bordi va ushbu vaqt ichida klub bilan jami 38ta sovrinni qo‘lga kiritdi. 13ta Angliya chempionligi, 5ta Angliya kubogi, 4ta Angliya liga kubogi, 10ta Angliya Superkubogi, 2ta Chempionlar ligasi g‘olibligi, 1ta Kubok egalari kubogi g‘olibligi, 1ta UEFA Superkubogi g‘olibligi, 1ta Qit’alararo kubok hamda 1ta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi shular jumlasidandir.
Fergyuson "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida jami 1500dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va shularning 895tasida g‘alaba qozongan va 338tasida durang qayd etgan, 267ta o‘yinda esa mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar