
Bilasizmi? Jeko qishda “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo Zidan bu transferga qarshi chiqqan
Rimning “Roma” klubi forvardi Edin Jeko davralar oralig‘ida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.
Bosniyalik futbolchiga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq, “qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidan 32 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmagan va bu transferga qarshilik qilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Jeko qishda “Chelsi”ga ham o‘tishi mumkin edi. Biroq, u yakunda “Roma”da qolishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum A Seriyada jami 23ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar