Bilasizmi? Modrich joriy yoz "Tottenxem"ga qaytishi mumkin edi, ammo...
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy yoz o‘zining sobiq jamoasi - "Tottenxem" safiga qaytishi mumkin edi. Bu haqda beIN Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” “shporlar”ga 32 yoshli xorvatiyalik futbolchisining xizmatlarini taklif qilgan, biroq, yakunda bu borada rad javobini olgan.
Eslatib o‘tamiz, Modrich 2008-2012 yillarda “Tottenxem” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng “Real”ga o‘tgan.
Ta’kidlash lozimki, Modrich uchun ayni damda Milanning “Inter” klubi jiddiy kurash olib bormoqda, lekin “Real” endi uni sotishni istamayapti.

Fikrlar