
Bilasizmi? Villian bu yoz "Real"ga o‘tishi mumkin edi, biroq...
Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Villianni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlari “qirollik klubi”ga taklif etilgan, biroq madridliklar rahbariyati ushbu taklifni rad etgan.
Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “aristokratlar” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Villianga joriy yoz shuningdek “Barselona” va “Manchester Yunayted” klublari ham jiddiy qiziqish bildirishgan edi.
Fikrlar