
Bizga titul homiy kerak emas…
“Manchester Siti” klubi kelgusi mavsumdan boshlab o‘z futbolkasining qo‘l qismida “Nexen Tire Corp” firmasini reklama qila boshlaydi. Qayd etib o‘tish joiz, liboslarning bu qismida ilk bor reklama beriladigan bo‘ldi. Ammo shunday jamoalar borki, ularda xattoki, titul homiy ham yo‘q. Quyida aynan shunday jamoalar bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.
- Mundial nimaligini bilmagan yulduzlar
- “Bavariya”da porlashi kutilgan ammo bunday bo‘lmagan 5 futbolchi
- Jahon sportidagi badavlat 10 inson
“Valensiya”. So‘nggi titul homiy – “Jinko Solar”
“Valensiya” so‘nggi yillarda o‘z obro‘sini borgan sari o‘zining salbiy natijalari bilan tushirib bormoqda. “Ko‘rshapalaklar” mana uch yildirki, titul homiysiz faoliyat olib bormoqda. 8-martga va BMTning ayollar huquqini himoya qilish dasturi doirasida jamoa bir nechta o‘yinda aynan nozik jins vakillarini qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar bitilgan liboslarda to‘p surdi. Ammo...
“Betis”. So‘nggi titul homiy – “UED Sports”
“Betis” ushbu mavsum avvalida Xitoyning “UED Sports” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo oradan 4 oy o‘tar-o‘tmas bu kelishuv bekor qilindi. Gap shundaki, mazkur kompaniyada Pireney yarimorolida faoliyat olib borishi uchun litsenziyasi yo‘q edi. Ayni shu sabab, andalusiyaliklar yiliga 1 mln evro bo‘lgan homiylik shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘lishdi.
“Roma”. So‘nggi titul homiy – “Wind”
“Bo‘rilar” 2012/13 yilgi mavsumdan buyon titul homiysiz qolib ketmoqda. Unga qadar “Roma”ga xalqaro telefon tarmog‘i “Wind” yiliga 3,3 mln evro evaziga kompaniya logotipini ushbu jamoa libosida aks ettirib kelayotgan edi. Ammo rimliklarga ushbu summa kamlik qildi shekilli, bu kelishuvni uzaytirishdan bosh tortishdi. Keyinchalik esa “Volkswagen” va “Turkish Airlines”lar bilan muzokara olib borilgan bo‘lsada, kelishuv amalga oshgani yo‘q va “Roma”ning ham liboslari “bo‘sh” turibdi.
“Latsio”. So‘nggi titul homiy – “Paideia”
Titul homiy borasidagi muammo Rimning boshqa bir jamoasi – “Latsio”da ham mavjud. So‘nggi yillarda esa “burgutlar”ning liboslarida klub futbolchilarini davolab keladigan “Paideia” kasalxonasi nomi zikr etilibkelinayotgan edi. Biroq...
Bonus
“So‘g‘diyona”. So‘nnggi titul homiy – “TPS”
Jizzax klubining liboslarida so‘nggi yillarda “TPS” internet-provayderi logoitipi aks etib kelayotgan edi. Klubning bu yilgi libosini ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda hech qanday brend yoki korxonaning nomi aks etmaganini ko‘rish mumkin.
“Paxtakor”. So‘nggi titul homiy – “UCell”
“Paxtakor” esa so‘nggi yillarda “UCell” operatori bilan hamkorlik qilib kelayotgan edi. Ammo “sherlar”ning bu yilgi libosida hech qanday kompaniyaning nomi yoki logotipi aks etmagan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar