
“Boka Xuniors” Buffonga qancha taklif qilmoqda?
“Boka Xuniors” klubi “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon bilan besh oylik shartnoma imzolamoqchi. Infobae nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu vaqt ichida 40 yoshli futbolchi 2,5 mln dollar ishlab oladi. Argentina klubi Buffondan bu taklifga javobni 17 maydan keyin kutadi.
Avvalroq “Boka Xuniors” murabbiyi Barros Skelotto “Yuventus” posboniga qiziqish bildirganini ma’lum qilgan. Italiyalik darvozabonning Turin jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2018 yil iyunda yakuniga etadi.
Buffon esa mavsum yakunida faoliyatini yakunlash borasida bosh qotirmoqda.
Fikrlar