Boks: Bobo-Usmon mezbon bokschi g‘alabasiga yo‘l qo‘ymadi

  • 8 iyun, 2017, 18:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ostona shahridagi boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun V xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Filippin, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va Erondan kelgan bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Tecno
 

Boks: Ostonada kutilmagan natijalar qayd etilmoqda

Musobaqada yana bir bokschimiz g‘alabga erishdi. Shahram G‘iyosovga o‘rinbosar bo‘lgan Bobo-Usmon Boturov 69 kilogramm vazn toifasida mezbonlar vakili Kanagat Maralovga qarshi ringga chiqdi. Uchrashuvda o‘zbek bokschisi har tomonlama ustunligini namoyish qildi va g‘alaba qozondi.

81 kilogramm vaznda ringga chiqqan Kozim Mardonov esa jangda katta ustunlikka erisholmadi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Musobaqa davom etmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!