"Bordo" hujumchisi 1 metrdan gol ura olmadi (video)
Kecha Frantsiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Nitstsa” va “Bordo” (2:1) jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin qarama-qarshiliklarga boy o‘tgan bahsda Mario Balotelli o‘zini ko‘rsatdi. U penaltidan urgan goli va jamoasining g‘alaba to‘piga assistentlik qildi va “Nitstsa” uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu kuni uchrashuvda qiziqarli holat yuz berdi. "Bordo" hujumchisi Fransua Kamano burchak zarbasidan so‘ng o‘ziga kelib tushgan to‘pni bir metrdan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga kirita olmadi. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi...

Fikrlar