Borxa Mayoral: Mariano Dias kelmaganida, men "Real"da qolgan bo‘lardim...
"Levante" forvardi Borxa Mayoral "Real"dan ketish sabablarini oshkor qildi.
“Mavsum oldi yig‘in paytida men murabbiy bilan gaplashdim va hammasi meni “Real”da qolishimni aytishdi. Lekin, yozgi transferlarning so‘nggi haftasida meni chaqirishib, klubdan ketishim kerakligini aytishdi. Agar Mariano Dias jamoaga kelmaganda, men “Real”da qolgan bo‘lardim. Lopetegi unga kerakligimni aytgandi”, - deydi Mayoral.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Mayoral joriy mavsum yakuniga qadar “Levante”ga ijaraga bergan edi.
Fikrlar