Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalarimiz soni 16 taga etdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Shu yilning oktyabr oyida Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston vakillari hozirgi kunga qadar jami 16 ta litsenziyani qo‘lga kiritishdi.

Indoneziyaning Jakarta shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra ikkita litsenziyaga (o‘g‘il bolalar va qizlar) ega bo‘lishdi.

Shuningdek, Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschimiz Abdumalik Xalakov ham Argentinadagi nufuzli musobaqa yo‘llanmasiga ega buldi.

Shu tariqa, sportchilarimizning III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalari soni 16taga etdi:

Og‘ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 3 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Sport akrobatikasi – 2 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Boks – 1 ta

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!