Buffon tez orada PSJ bilan shartnoma imzolaydi

  • 11 iyun, 2018, 08:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina “Yuventus” bilan xayrlashgan tajribali darvozabon Janluiji Buffon yaqin kunlarda PSJ bilan shartnoma imzolaydi.

Tecno

Salciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar allaqachon kelishuvga erishib bo‘lishgan. Ma’lumotlarga qaraganda bu haqda rasman seshanba yoki chorshanba kuni e’lon qilinadi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 40 yoshli darvozabon parijliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 7 mln evro maosh oladi. Unga shuningdek Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022ning rasmiy elchisi lavozimi ham beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!