
Bugun La Ligada markaziy bahs Madridda bo‘ladi
Xabaringiz bor bugun Ispaniya La Ligasida 13-turning markaziy bahsi Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechadi. Shu kuni “Atletiko” o‘z maydonida peshqadam va amaldagi chempion – “Barselona”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Barselona” so‘nggi 22 ta o‘yindan 18 tasida raqib darvozasini kamida 3 marta ishg‘ol etgan.
- “Barselona” La Liga doirasida safarda o‘tkazgan oxirgi 27 ta o‘yindan 25 tasida mag‘lub bo‘lmagan.
- “Atletiko” esa chempionat doirasida o‘z maydonida o‘tkazilgan so‘nggi 4 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.
- “Barselona” qatorasiga 6 ta o‘yindan buyon “Atletiko”ga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
"Atletiko" – "Barselona"
Stadion: "Vanda Metropolitano" (Madrid)
Boshlanish vaqti: 00:45
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano
Taxminiy tarkiblar:
"Atletiko": Oblak – Arias, Savich, Ernandes, Luis – Koke, Rodri, Saul, Lemar – Kosta, Grizmann
"Barselona": ter Shtegen – Roberto, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Artur, Vidal – Koutino, Messi, Suares.
Baxtiyor TOShTEMIROV tayyorladi.
Fikrlar