Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Livan bilan kuch sinashadi
Mazkur uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahridagi "SBUS Super Stadium"da bo‘lib o‘tadi. Livan Futbol Assotsiatsiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi so‘roviga ko‘ra, bugungi bellashuv yopiq eshiklar ostida kechadi va televidenie orqali translyatsiya qilinmaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Livan o‘rtoqlik o‘yini 15 noyabr kuni Brisben vaqti bilan soat 20:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 15:00 da start oladi.
15.00 O‘zbekiston - Livan
Brisben. "SBUS Super stadium".
Hakamlar: Shon Evans, Natan Makdonald, Jorj Lakrindis, Jarred Gillet (barchasi Avstraliyadan).



Fikrlar