Bugun klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali bo‘ladi

  • 22 dekabr, 2018, 08:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bir necha kun davomida Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bugun ushbu musobaqaning 3-o‘rni uchun va hal qiluvchi final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 18:30da yarim finallarda mag‘lub bo‘lgan “Kashima Antlers” (Yaponiya) va “River Pleyt” (Argentina) o‘zaro kuch sinashadi. Soat 21:30dan boshlab muxlislar “Real Madrid” (Ispaniya) hamda “Al-Ayn” (BAA) klublari o‘rtasidagi final uchrashuvini tomosha qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, har ikkala uchrashuv ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!