Bundesliga. "Ayntraxt"ga javobsiz 3 ta to‘p kiritgan "Bavariya" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 23 dekabr, 2018, 00:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtdagi "Kommertsbank-Arena"da kechgan uchrashuvda myunxenliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Gollarga Riberi (2 ta gol) va Rafinyalar mualliflik qilishdi. Shu tariqa Niko  Kovach shogirdlarining Bundesligadagi g‘alabali seriyasi 5 ta o‘yinga etdi. Frankfurtliklar esa so‘nggi 5  bellashuvning uchtasida imkoniyatni boy berishdi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng "Bavariya"  hisobidagi ochkolar soni 36 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 27 ochkosi bor "Ayntraxt" esa 5-pog‘onaga quladi.

"Bavariya" o‘zining kelgusi uchrashuvini 2019 yilning 18 yanvar sanasida "Xoffenxaym"ga qarshi, "Ayntraxt" esa ertasiga "Frayburg" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!