“Buxoro” nazorat o‘yinida “Navbahor”ni enga olmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun “Buxoro” navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safargi raqib Namanganning “Navbahor” jamoasi bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoa ham asosiy tarkib futbolchilarini sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida “Buxoro”ning ukrainalik himoyachisi Vladimir Baenko boshi bilan darvozani ishg‘ol etib hisobni ochdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Ro‘zimboy Axmedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

“Buxoro”: Muxiddin Xudoyorov, Vladimir Baenko, Mirjalol Jumaev, Ergash Ismoilov, Elbek Ravshanov, Robbim Hasanov, Suxrob Nematov, San’at Shixov, Zohir Pirimov, Alisher Shog‘ulomov, Bahriddin Vaxobov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Bobir Amonov, Ravshan Yangiev, Mirfayz Muxiddinov, Nozim Umurov, Elshod Dilmurodov, Javohir Qahramonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!