Camarqandda o‘zbek jang san’ati xalqaro festivali bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Janubiy Koreyaning Chungju shahrida jangovar yakkakurashlar bo‘yicha an’anaviy xalqaro festival doirasida WOMAO - Butunjahon jang san’atlari uyushmasining 16-Bosh assambleyasi o‘z ishini davom ettirdi.

Anjumanning ikkinchi kunida  tashkilot bosh kotibi  Kim Si-Xyun sport tinchlik elchisi ekanini va u orqali millatlar birdamligi va do‘stona munosabatlarini mustahkamlash asosiy vazifa ekanini, kelajak uchun midlliy qadriyatlar, shu qatori milliy sport turlarini saqlash, keng tarqib qilish uchun yuqori nufuzli tadbirlarni muntazam tashkil etish lozimligini  alohida ta’kidladi.

Tadbirda YuNESKOning mintaqaviy maslahatchisi Sue Vize xonim olib borilgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekistonda bolalar sportiga berilayotgan e’tibor va yoshlarni sog‘lom hayot tarziga keng targ‘ib qilish tajribasini boshqa mamlakatlarda ham qo‘llash kerakligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari Butunjahon jang san’atlari uyushmasi akademiyasi prezidenti va sport delegatsiyalari vakillari so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir so‘ngida barcha bo‘lajak musobaqalar, xalqaro turnirlarning o‘tazilish sanasi haqida to‘liq  ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, kelasi yili Samarqand shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Rasmiy tadbirlar yakunlangach, jang san’atlari xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi  bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!