“Chelsi” Beyli uchun asosiy da’vogarga aylandi

  • 29 may, 2018, 16:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” klubi yarim himoyachisi Leon Beyliga “Chelsi” jamoasi qiziqish bildirmoqda, deya  xabar beradi Metro nashri.

Tecno

20 yoshli yamaykalik o‘yinchi o‘tgan mavsum Bundesligadagi ajoyib o‘yinlari bilan Angliya Premer-ligasining bir qator klublari e’tiborini o‘ziga tortdi. Avvalroq “Manchester Siti” ham Beyliga qiziqish bildirgan va Xosep Gvardiolaning o‘zi uning hujumda istalgan nuqtada o‘ynay olishini yuqori baholagan, biroq “Man Siti” hozirda e’tiborini “Lester” a’zosi Riyad Mahrezga qaratgan.

Shunday qilib, “Chelsi” yamaykalik yarim himoyachiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Uning tovon puli 95 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!