"Chelsi" Iguainning transferi yuzasidan "Yuventus" bilan bog‘landi

  • 19 iyul, 2018, 10:45
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” forvardi Gonsalo Iguainni o‘z safida ko‘rishga qiziqmoqda.

Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bugun ilk bor bu borada “keksa sinora”ga rasmiy tarzda murojaat qilishgan.

Aytish lozimki, “Chelsi” ushbu transferni amalga oshirishdan avval o‘zining ikki hujumchisi - Alvaro Morata hamda Mishi Batshuayilardan birini sotib yuborishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tgach, Iguainning jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!