"Chelsi" Kantega yangi shartnoma taklif qildi

  • 07.08.2018 08:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi Ngolo Kantega yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli Kanteni to‘liq qanoatlantiradigan, ya’ni yiliga 17 mln evro maosh to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Kante “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 89ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!