“Chelsi” Kantening maoshini keskin oshirishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
“PSJ”ning ohangrabodek “yog‘li” taklifidan saqlash uchun Jahon Chempioni – Ngolo Kanteni The Times nashriga ko‘ra, “ko‘klar” klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradigan judayam yaxshi shartnoma tayyorlamoqda.
Avvalo aytish joizki, Kante bunday narxga arziydi. U Angliyada uch mavsum o‘tkazgan bo‘lsada barcha sovrinlarni yutib bo‘ldi. Ikki marta Premer Liga chempionligi, Angliya Kubogi va hkz. U maydonda ko‘p vaqtini jamoadoshlarining qilgan xatosini to‘g‘rilash bilan o‘tkazadigan mehnatkash futbolchi.
Biroq unga bunday shartnoma taklif qilig klubda aks ta’sirni ko‘rsatishi mumkin. Squawka nashri “Chelsi”ning o‘z etakchisiga jiddiy maoshni tayinlashi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tahlil yuritdi.
- Boshqa tayanch yarim himoyachilari ham ko‘p pul so‘ray boshlaydi
Uzoq yillar tayanch yarim himoyachilari doim qadrlanmay kelindi. Biroq kutilmaganda Klod Makelele “Real”ni tark etdi va klub qurgan “Galaktika” inqirozga uchradi. O‘shandan boshlab ko‘pchilik ushbu pozitsiya egalarini qadrlay boshladi.
Agarda Kante o‘z xizmati uchun yuqori maosh oladigan bo‘lsa, dunyoning ko‘plab nomdor tayanch yarim himoyachilari nega ular oz maosh olayotganini o‘ylay boshladi. Serxio Buskets “Barselona” bilan uzaytirgan shartnomasini qayta o‘ylab ko‘rishni boshlaydi, Kazemiro Florentino Peresning eshigini taqillata boshlaydi. Marko Verratti “PSJ” unga yaxshi maosh to‘lamayotganini his qila boshlaydi, “Manchester Siti” esa Fernandino o‘rniga kam maosh so‘raydigan futbolchi qidira boshlaydi.
- “PSJ” yarim himoyachi izlab transfer bozoriga qaytadi
Kante Londonda qoladigan bo‘lsa, “PSJ” qayta qurilishida muhim o‘rin tutgan futbolchini yo‘qotgan bo‘ladi. Tyago Motta jamoadan ketgan bir paytda parijliklar tayanch yarim himoyachisiga judayam muhtoj. Albatta Verratti Mottaning pleymeykerlik vazifasini bajara oladi. Biroq u Mottacha darajasidagi himoyachi ham emas. Adren Rabo esa Parijni tark etishi ham mumkin.
Demak “PSJ” hamo tayanch yarim himoyachisiga muhtoj. Shu sababli transfer bozoridagi narxlar keskin ko‘tarilib ketsa, bundan ajablanmaslik kerak. Parijliklar himoyaviy sifatlarga ega tayanch yarim himoyachisi uchun Evropani pulga ko‘mib tashlashga qodir. Bu esa transfer bozorida “domino effekti”ga olib kelishi muqarrar.
- Azar klubdan ketadi
Kantening yuqori maosh olishiga hasad qiladiganlarni topish qiyin, faqatgina bir futbolchi bundan mustasno. U ham bo‘lsa Eden Azar. “Chelsi”ning belgiyalik vakili ayni vaqtda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi. Agarda Kante bu borada undan o‘zib ketsa, Azar klubdan shartnomani qayta imzolashni talab qilishi tabiiy. Jahon Chempionatidagi ajoyib o‘yini va Evropa Ligasida o‘ynash istiqboli uni boshqa klubga o‘tib ketishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Klub Azarga haftasiga 290 ming funtdan ko‘p to‘lashi mumkin. Keyinroq esa ikki futbolchi uchun esa 600 ming funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Biroq Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydigan, kelasi mavsumda qaytishi kafolatlanmagan bir vaziyatda bunday maosh to‘lash klub uchun ancha tavakkal hisoblanadi.
- “Chelsi” boshqa ko‘p maosh oluvchilarni tozalashi kerak
Shunisi ma’lumki agarda Azar shartnomani qayta ko‘rib chiqishni talab qilsa uning shartlarini qabul qilmasdan iloj yo‘q. Agarda Kante eng ko‘p maosh oluvchiga aylansa, “ko‘klar” har bir futbolchisi bilan qayta shartnoma imzolab chiqishiga to‘g‘ri keladi. Sesk Fabregas, David Luis va Pedrolarning amaldagi shartnomasi kelasi mavsumda o‘z nihoyasiga etadi. Azar, Villian va Aspilikuetalarning shartnomalari 2020-yilda tugaydi.
Ammo “Chelsi” ko‘plab futbolchilari bilan shartnomani yangilashni istamasligi mumkin. Kurtua, Keyxill va Jirular bilan kelasi mavsumda xayrlashishi aniqroqdek. Fabregas va David Luis yangi bosh murabbiy Sarri qo‘li ostida kattaroq vazifani bajaradigan ko‘rinadi. Pedro Sarri tizimiga judayam mos tushadi. Aspilikueta esa keyingi sardor bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, klub yuqori maosh talab qiluvchilarni o‘z maktabi tarbiyalanuvchilari bilan yangilashi mumkin. Shuning uchun ular Kantening maoshi oshirilishida yuqoridagi holatlarni e’tiborga olishi zarur.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.
Fikrlar