“Chelsi” Kurtuani 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi

  • 12.07.2018 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuaning transfer narxini e’lon qildi.

Le 10 Sport tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” 26 yoshli belgiyalik futbolchini 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Kurtua o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 46ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!