"Chelsi" ertaga Azarga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 05.08.2018 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati ertaga jamoa vingeri Eden Azarga yangi shartnoma taklif qiladi.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik futbolchi ta’tildan qaytgani zaxoti u bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi. Ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” yangi kelishuvga ko‘ra Azarning maoshini haftasiga 337 ming funtga qadar oshirishadi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Azar APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Taqqoslash uchun, “Manchester Siti” etakchilari Kevin De Bryoyne hamda Serxio Aguerolarning maoshi ham haftasiga 337 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!