
"Chelsi" futbolchisi turk klubi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Viktor Mozes faoliyatini Turkiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra 28 yoshli nigeriyalik futbolchi “Fenerbaxche” bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Mozesni 2012 yil “Uigan”dan 11,5 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U joriy mavsum “aristokratlar” safida bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar