Chempionlik uchun kurashda «Chelsi»ga nima etishmayapti? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 25 dekabr, 2018, 13:59
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Ko‘klar» so‘nggi yillarda Premer Liga g‘olibligi uchun kurashda asosiy favoritlar qatoridan chiqib qoldi. Yangi bosh murabbiy Maurisio Sarri qo‘li ostida ham uzoq vaqt engilmasdan kelganiga qaramay, bosh sovrin uchun da’vogarlik qila olmaydi. Buni o‘z uyida «Lester»ga yutqazib qo‘yganidan ham ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, klubda qaysi jihat ish bermayapti?

Tecno

«Chelsi» Premer Liga etakchisi «Liverpul»dan ayni vaqtga kelib 11 ochkoga ortda qolib ketdi. Ularning bu mavsum ham da’vogarlar safidan chiqib ketgani tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

Sarri «Liverpul» va «Manchester Siti»dan keyin borayotgan bo‘lsada, ularning 18 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi ham yakunda hech qanday foyda bermadi.

Angliyaning «kuchli oltilik» jamoasidan to‘rttasi asosan kurash olib borishi bilan tanilgan. Biroq hozirda «Chelsi» «Tottenxem», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» bilan kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashmoqda.

Sarrining izoxlari pessimistik kayfiyatda bo‘layotgani uning o‘zidan oldingi vatandoshi Konte uchragan muammolarga duch kelayotganini anglatmoqda.

G‘alati ruxiyat

Har qanday vaqtda «Chelsi» har qanday raqibni yutishi mumkin. «Manchester Siti» va «Liverpul» mavsum davomida buni ko‘rsatib berishdi. Ammo haqiqiy sinov hafta o‘tgan sari qiyinlashib bormoqda.

Londonliklar bu jabhada omadsizlikka uchramoqda. Ular «shaharliklar» yoki «qizillar» kabi kuchli xarakter ko‘rsata olmayapti.

Hatto eng yaxshi jamoaning ham «qora kunlari» bo‘ladi. Biroq «aristokratlar»da bunday o‘yinlar soni ortib bormoqda. Noyabr oyida Sarri shogirdlari o‘yinni sust boshlashi bilan ajralib turgandi. Endi esa ular raqib gol urganda bunga tezkor reaktsiya ko‘rsatishda no‘noqlik qilmoqda.

«Lester» o‘tgan turda 18 yil deganda «Stemford Bridj»da ilk g‘alabasini nishonladi. Klod Pyuell shogirdlari «Chelsi» to‘pga egalik qilgani va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay moslashuvchanlikni namoyish qildi.

Jeymi Vardining ikkinchi bo‘limdagi hujumlariga «Chelsi» dosh berolmadi va Sarri jamoasida qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yo‘qolib qolganini ko‘rsatdi.

«Fikrimcha, biz 55 daqiqa yaxshi o‘ynadik, biz juda yaxshi o‘yin namoyish qildik. Goldan keyingi reaktsiyamiz to‘g‘ri yo‘nalishda emas, g‘alati bo‘ldi. Jamoa bo‘lib emas, 11 futbolchi bo‘lib reaktsiya ko‘rsatdik. Bu juda g‘alati» – dedi Sarri o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

«O‘ylashimcha, biz yaxshiroq bajarashimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda bo‘lganidek o‘ynashda davom etdik. Gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Reaktsiyamizni esa umuman tushunmadim» – deya qo‘shimcha qildi.

Ular ko‘plab o‘yinlarda sport formasidan, o‘yin natijasidan qat’iy nazar, munosib reaktsiya ko‘rsatishda qiynalishmoqda. «Manchester Yunayted», «Kristal Pelas», «Vulverxempton», «Tottenxem» va «Lester»... Aynan shu bellashuvlarda “ko‘klar” qimmatli ochkolarni yo‘qotishdi.

Buning yagona ehtimoliy echimi «Chelsi»da yangi etakchilarning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Londonliklar Jon Terri, Dide Drogba va Frenk Lempard kabi etakchilarga muhtoj. Aynan ularning futboldagi iqtidoridan ko‘ra metin ruxiyatlari asqotardi.

Tajribali hujumchining etishmasligi

Eden Azar «aldamchi to‘qqizlik» pozitsiyasi bilan klubning etakchi hujumchisiga aylanib bormoqda. Alvaro Morata va Olive Jirular esa birgalikda ichki chempionatda olti golga mualliflik qilishgan.

«Chelsi» oldingi chiziqda sakkiz gol urgan Azar bilan o‘ynaganiga qaramay «tulkilar» chuqur himoyalanishdi va Pedro, Villianlarga o‘zlarini ko‘rsatishlariga imkon bermadi.

Jiru mehnatkash va ijobiy ta’sir ko‘rsata oladi, biroq Jahon Chempionatida bo‘lganidek, u gol urish vazifasini boshqalarga topshirishni ma’qul ko‘radi.

Morata aslida bir mavsumda 20, 30 talab gol ura oladigan top hujumchi sirasiga kiradi. Ammo uning Londondagi bosimni ko‘tarishi qiyinchilik tug‘dirmoqda. «Yuventus» va «Real»da o‘zini ko‘rsata olgan hujumchi uchun «ko‘klar» naq 58 million funtning bahridan kechgan va bu o‘z navbatida har qanday hujumchiga bosim o‘tkazishi muqarrar.

26 yoshli hujumchiga jarohatlar, e’tirozlar, tanqidlar ham ta’sir qilmoqda. Uning klubdagi natijasi terma jamoadagi faoliyatiga ham ta’sir qilmay qo‘ymadi. U Ispaniya tarkibida Mundialga borishning uddasidan chiqa olmadi.

Futbolda sabrning muddati chegaralangan. Shu tufayli qishda bunga echim sifatida yangi iste’dodli hujumchi olib kelsa, ajabmas.

«Chelsi» Gonsalo Iguainni o‘tgan yozda olib kelmoqchi edi. Mish-mishlarga ko‘ra, ular yana argentinalik futbolchining nomzodini qayta ko‘rib chiqishmoqda. «Aldamchi to‘qqizlik» ish berayotgan bo‘lsada, Sarri baribir to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. OAV esa klubni Pulishich, Fekir va Dembelelar bilan bog‘lab kelmoqda.

Ba’zilar esa Sarri «B reja»ga muhtojligini aytmoqda. 59 yoshli mutaxassis o‘z taktik rejalarini qayta ko‘rib chiqsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Boz ustiga klub yoshlar akademiyasining iqtidorli vakillarini asosiy jamoaga o‘tkazish ham muhim masala hisoblanadi. Ko‘pchilik bu borada Sarriga ishonmoqda.

Biroq u avval jamoada yuqorida tilga olingan ustuvor masalalarga echim topishi kerak. Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun esa vaqt talab qilinadi. Ishonmasangiz, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardioladan so‘rang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
26/12/2018 15:37
Челсига эмас, Саррига тажриба ва озгина вакт етишмайди