Dana Uayt: Oskar De La Xoya bilan ringga ko‘tarilaman, biroq boks qoidalari bo‘yicha emas

CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt 45 yoshli boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoya bilan jang qilishini aytib o‘tdi.

Tecno

- Oskar men bilan kuch sinashmoqchi, bu ahmoqona fikr. Bunday insonlarga farqi yo‘q kim bilan kurashish. Men Oskarga qarshi ringga ko‘tarilaman, biroq boks qoidalari bo‘yicha emas.

Kim meni ringga chorlasa, men u bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorman, ammo De La Xoya bu boshqa masala, - dedi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki promouter 2017 yildan buyon o‘zaro kelishmay qolishgan. Bunga sabab Konor MakGregorning Floyd Meyvzerga qarshi boks qoidalari bo‘yicha ringga ko‘tarilganidir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!