
David Alaba: "Enfild"dagi o‘yinni sabrsizlik bilan kutaman
“Bavariya” klubi himoyachisi David Alaba EChL 1/8 finaliga qur’a natijalaridan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Myunxenliklar bu bosqichda o‘tgan mavsum finalchisi “Liverpul” bilan kuch sinashadi.
– Oson juftlik tanlanmadi. “Liverpul” - juda, juda yaxshi jamoa. Tarkibda ajoyib ijrochilar to‘p surishadi. O‘tgan mavsum ular finalda o‘ynashdi. Hozir Premer-liga turnir jadvalini boshqarishmoqda. Biz bunday o‘yinlarni zavq-shavq bilan kutamiz. Men hech qachon “Enfild” o‘ynamaganman, shuning uchun bu o‘yinni juda kutyapman, – deydi Alaba.
Eslatib o‘tamiz, bu jamoalarning birinchi to‘qnashuvi 19 fevral kuni Myunxenda o‘tsa, javob bahsi 13 mart kuni Liverpulda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar