Davron Fayziev “Dinamo”da moliyaviy muammolar bor yoki yo‘qligi haqida gapirdi
Mavsumni Pro-liganing “A” guruhida o‘tkazayotgan Samarqandning “Dinamo” klubi ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida mamlakatimizning aksariyat klublarida kuzatilayotgan moliyaviy muammolar uning jamoasida bor yoki yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.
- “Jamoamizda moliyaviy tomondan muammo bor yoki yo‘q deb ayta olmayman. Tarkibimizga yangi o‘yinchilarni olyapmizmi, demak moliyaviy tomondan imkoniyatlarimiz yomon emas. Baribir mavsum boshida tayyorgarlik kechroq boshlangani chempionat davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. 15 ochkolik farq boshqalar uchun katta ko‘rinishi mumkin. Balki bu tafovutni yo‘qqa chiqara olarmiz. Bu ko‘proq o‘zaro o‘yinlarga bog‘liq bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham maksimal darajada harakat qilamiz”, - deydi tajribali mutaxassis.
Davron Fayziev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq qismini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!



Fikrlar