Dembele "Arsenal"ga o‘tadimi?! (FOTO)
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele o‘zining “Arsenal”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga “olov yoqdi”.
Gap shundaki frantsiyalik futbolchi “kanonirlar”ning 4 nafar a’zosi: Per-Emerik Obameyang, Genrix Mxitarya, Aleksandr Lyakazett hamda Matteo Ganduzilar bilan kechki ovqatni birga qildi.

Ta’kidlash kerrakki, Dembele va Obameyang “Borussiya”dagi faoliyati davomida yaqin do‘stga aylanishgan.

Fikrlar