
Denis Istomin ertaga yana germaniyalik tennischi bilan o‘ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shtutgartda o‘tayotgan "ATP Mercedes Cup" turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Sovrin jamg‘armasi 729.340 evro bo‘lgan mazkur turnirning birinchi davrasida Denis Istomin germaniyalik Filipp Kolshrayberni har ikkala setda bir xil tay-brekda mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Istomin ikkinchi davrada yana bir germaniyalik tennischi – Florian Mayerga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. Mazkur o‘yin ertaga, 13 iyun kuni soat 13:00da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar