Denisov 2 oydan buyon o‘ynamayapti, ammo…

  • 14 aprel, 2018, 17:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Rossiya Premer-ligasi 26-turidan o‘rin olgan “Dinamo” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Ushbu o‘yinda hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan “Lokomotiv” 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Biroq Denisov mana ikki oydirki, maydonga tushmayapati. U so‘nggi bor 15 fevral sanasida “Nitstsa”ga qarshi bellashuvda bir taym o‘ynagan edi. Afsuski, u shundan buyon maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.

“Temiryo‘lchilar” esa chempionlikka tobora yaqinlashib borishmoqda. Yuriy Syomin shogirdlari 55 ochko jamg‘arishga erishdilar va turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Rossiya Premer-ligasi. 26-tur

Dinamo – Lokomotiv 0:4 (0:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 3 Miranchuk, 0:2 – 42 Farfan, 0:3 – 58 Tarasov, 0:4 – 72 Miranchuk.

Dinamo – Shunin, Kozlov (Markov, 61), Shunich, Rykov, Tsallagov (Tette, 46), Tashaev, Raush, Sou, Lutsenko, Panchenko, Chernyx (Temnikov, 77).

Lokomotiv – Gilerme, Rybus, Kverkveliya, Chorluka, Ignatev (Rotenberg, 80), Miranchuk, Miranchuk, Denisov, Farfan (Ari, 73), Tarasov, Eder (Kolomeytsev, 55).

Ogohlantirishlar: Denisov (29), Rykov (41), Farfan (57), Shunich (58), Rybus (67), Chorluka (69), Raush (76).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!