Denisovning jamoasi yana bir yirik transferni amalga oshirmoqchi

  • 6 avgust, 2018, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolovga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Xabarlarga qaraganda “temiryo‘lchilar” 28 yoshli rossiyalik forvardning transferini bugun muhokama qilishadi. Smolovning transferi “Lokomotiv”ga taxminan 9 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Rossiyaning amaldagi chempioni shuningdek “Milan”ning 31 yoshli hujumchisi Karlos Bakkaga ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, moskvaliklarga kolumbiyalik futbolchining yoshi biroz ma’qul kelmayapti. Bundan tashqari “rossonerilar” Bakka uchun 15 million evro talab qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!