Deontey Uaylder: Joshua meni ham, Taysonni ham ura olmaydi

  • 17.11.2018 16:44
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder fikricha, britaniyalik bokschi Entoni Joshua eng yaxshi bokschilar qatoridan o‘rin olishga loyqi emas. Britaniyalik bokschi ayni damda IBF, WBA, WBO va IBO chempionlik kamarlariga egalik qilmoqda.

Men Fyuri bilan bo‘ladigan jang super og‘ir vaznda eng yaxshi bokschi bo‘lishga haqli ekanligini ko‘rsatadi. Joshua? Unda buni isbotlash uchun imkoniyat bor edi, ammo chaqiruvni qabul qilmadi.

– Joshuada eng yaxshi bo‘lish uchun jasurlik etadi deb o‘ylamayman. Joshua yaxshi o‘smoqda va o‘z narxini oshirmoqda. Ammo haqiqat shunki, u meni ham, jahondagi ikkinchi super og‘ir vaznli bokschi Tayson Fyurini ham ura olmaydi. Men bunga ishonchim komil, – deya Uaylderning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni Los-Anjeles (AQSh)da Deontey Uaylder Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!