Dibala: Messi - almashtirib bo‘lmas futbolchi
Argentina terma jamoasi forvardi Paulo Dibala jamoa sardori Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi.
“Messini na Argentina terma jamoasida, na “Barselona”da va na dunyoning istalgan klubida almashtirib bo‘lmaydi. Faqat jamoada qanday qilinsa yaxshi bo‘lishi borasida aniqlik kiritib olish zarur. Chunki, men ham Messini pozitsiyasida o‘ynayman. So‘nggi paytlarda men bu joyda o‘ynashga ko‘nikib qoldim. Lekin, shunday bo‘lsada biz bir vaqtning o‘zida birga maydonda harakat qilishmiz mumkin deb hisoblayman”, - deydi Dibala.

Fikrlar