Ektor Kuper: O‘tgan o‘yinlar davomida tarkib borasida etarli xulosaga kelib bo‘ldim

  • 11.09.2018 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor hozirgina poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston hamda Eron (0:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz ikkita har hil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi taymda biz yaxshiroq o‘ynadik. Qolaversa, raqib ham oddiy jamoa emas, Eron terma jamoasi edi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilr biroz charchab qolishdi. Balki bu mening mashg‘ulotlar paytidagi aybim bo‘lishi mumkin. Bugun himoya chizig‘imiz avvalgi o‘yindagidan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Endi hujum chizig‘ini kuchaytirish borasida ish olib boramiz.

Ikkinchi bo‘limda asosan yangi futbolchilarni ko‘zdan kechirdim. O‘tgan 2ta o‘yinda men o‘zim uchun tarkib borasida etarli xulosaga kelib bo‘ldim. Keyingi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmagan chiziq vakillarining o‘rniga yangi futbolchilar jalb etamiz.

Mening taktikamdagi o‘yinda asosan himoyadan xujumga o‘tiladi. Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi to‘p surdik. Futbolchilar mening taktikamga moslashishi uchun vaqt kerak. Men o‘tkazilgan ikki o‘yinda jamoaning xatolari haqida etarli xulosaga kelib oldim. Kimlar jamoada qoladi, kimlar esa ketishi haqida yaxshilab o‘ylab bir fikrga kelaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!