
Elina Svitolina va Sloan Stivens millionerga aylandi
Kecha, xabaringizbor Singapurda ayollar o‘rtasida o‘tgan "BNP Paribas WTA Finals Singapore" turniri o‘z nihoyasiga etdi.
Sovrin jamg‘armasi 7 million dollarni tashkil etuvchi mazkur musobaqaning g‘olibiga aylangan ukrainalik Elina Svitolinaga tashkilotchilar tomonidan 2,312,000 AQSh dollar pul mukofot berildi. Musobaqa finalchisi amerikalik Sloan Stivens esa 1,152,000 AQSh dollari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Elina final uchrashuvida Sloanni 3:6, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib bosh sovrin bilan birgalikda 1500 reyting ochkosini ishlab olgan edi
Fikrlar