
Emelyanenko navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlab yubordi
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jang san’atlari ustasi Fyodor Emelyanenko o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Bu sportchi keyingi jangini yarim og‘ir vazn toifasida Nyu-Yorkda o‘tadigan Bellator Gran-prisi yarim finali doirasida o‘tkazadi. Unga bu jangda amerikalik Cheyl Sonnen raqiblik qiladi. Jang 13 oktyabr kuniga rejalashtirilgan.
– Men allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborganman. Maxsus tayyorgarlik Eski Oskoldagi uyda bo‘lmoqda. Tayyorgarlik an’anaviy tarzda o‘tmoqda. Bir qismi Eski Oskolda bo‘lsa, bir qismi Niderlandiyada. Eski Oskolda men jamoam bilan shug‘ullanaman, Niderlandiyala murabbiylik sparring-raqiblar bilan mashq qildirishadi, — deya rossiyalik jangchining so‘zlarini keltiradi TASS nashri.
Fikrlar