Engil atletika. Chirchiqda Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralanadi

BEPUL PROPAN

Ushbu turnirning ahamiyatli tomoni shundaki, unda terma jamoamizning Tokio 2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun nomzod bo‘lgan a’zolari ham qatnashadilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, qishda engil atletikaning uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar har doim ham o‘tkazilavermaydi. Chunki, bunday bahslar ochiq havoda tashkil qilinadi. Ammo, Tokio 2020 Olimpiadasida maqsadlar ulkan. Shu sababli, vaqtni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun qish faslida ham ushbu musobaqa bo‘lib o‘tadi. Turnir orqali terma jamoamiz a’zolarining jismoniy holati sinovdan o‘tkaziladi. Qolaversa, yil davomida sportchilarimizni ko‘plab xalqaro musobaqalar kutib turibdi. O‘tkazilayotgan turnir oldindagi mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.

Ta’kidlash joizki, sportchilarimizni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan turnirlar yil davomida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!