Entoni Joshua: Klichko bilan jang meni afsonaga aylantirishi mumkin

  • 16 dekabr, 2016, 10:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasining IBF chempionlik kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua (18-0, 18 KO) ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) bilan bo‘ladigan bo‘lajak haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Klichko bilan jangda nokaut kuzatilsa ajoyib bo‘lardi, ammo har qanday yo‘l bilan haqqoniy g‘alaba qozonish muhim bo‘ladi. Bu jang meni bir kechada afsonaga aylantirishi mumkin, – deydi britaniyalik bokschi.

Klichko bilan jang butun dunyo nigohida bo‘ladi va ushbu qarama-qarshilik orqali odamlarning sen haqida fikrlari o‘zgarishi mumkin. Men ayni damda IBF kamari sohibiman, amoo endi tarixga kirish uchun kerakli raqiblarni mag‘lub qilishim zarur. Bu ishni bir marta emas, takror va takror amalga oshirishim zarur. Klichko – bu afsonaviy kampaniyaning boshlanishi.

Eslatib o‘tamiz, Klichko – Joshua jangi 29 aprel kuni Londondagi Uembli stadionida tashkil qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!