Evro-2016 finalida gol urib Portugaliyani chempion qilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi

  • 16.07.2018 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘zining rasmiy saytida “Lill” hujumchisi Eder Maseda bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.

Rossiyaning amaldagi chempioni o‘tgan mavsum ijara asosida to‘p surgan 30 yoshli portugaliyalik futbolchining transfer huquqini frantsuz klubidan to‘liq sotib olishgan.

Ma’lumot uchun, Eder o‘tgan mavsum “Lokomotiv” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq moskvalik “temiryo‘lchilar” hamyurtimiz Vitaliy Denisov bilan ham amaldagi shartnomani uzaytirishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!