
Evroliga. "Valensiya" "Real Madrid"ni mag‘lub etdi
Tunda basketbol bo‘yicha Evroliga muntazam chempionatining bir qator bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lgan bahslardan biri ikki ispan jamoalari "Valensiya" hamda "Real Madrid" klublari o‘rtasidagi bahs bo‘lgani, shubhasiz. Maydon egalarining kichik ustunligida kechgan bahs "ko‘rshapalaklarning" 8 ochkolik ustunligida yakunlandi, yakuniy hisob – 96:88. Shu va boshqa uchrashuvlar tafsiloti:
"Valensiya Basket" Ispaniya – "Real Madrid" Ispaniya 96:88 (22:21, 24:19, 24:20, 26:28)
"Jalgiris" Litva – AX "Armani Ekscheynj Olimpiya Milan" Italiya 77:65 (17:16, 14:18, 23:16, 23:15)
"Panatinaikos Superfuds" Gretsiya – "Tsrvena Zvezda" Serbiya 91:71 (24:15, 23:23, 30:18, 14:15)
"Fenerbaxche Dogush" Turtsiya – "Makkabi FOX" Isroil 87:73 (16:21, 29:15, 29:20, 13:17)
Fikrlar