FIFA reytingi: Belgiya peshqadamlikni qo‘lga oldi, O‘zbekiston ikki pog‘ona yuqoriladi

  • 25.10.2018 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

FIFA terma jamoalarning oktyabr oyidagi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra joriy oy 2ta xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida KXDR va Qatar terma jamoalarini bir xil – 2:0 hisobida engan O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘rnini biroz yaxshilab oldi.

Terma jamoamiz 2 pog‘ona yuqorilab, 1254 ochko bilan 94-o‘ringa chiqib oldi. Vakillarimiz Osiyoda 13-o‘rinni egallab turishibdi.

Reytingning kuchli o‘nligi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

1 (1) Belgiya — 1733 ochka

2 (1) Frantsiya — 1732

3 (3) Braziliya — 1669

4 (4) Xorvatiya — 1635

5 (6) Angliya — 1619

6 (5) Urugvay — 1617

7 (7) Portugaliya — 1616

8 (8) Shveytsariya — 1598

9 (9) Ispaniya — 1594

10 (10) Daniya — 1584

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!